Ekspert Shomurodov nega gol ura olmayotganini tahlil qilib berdi

  • 22 oktabr, 2023, 09:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning 9-turida “Kalyari” safarda “Salernitana” mehmoni bo‘ladi. Bu ikki jamoa musobaqa jadvalida oxirgi o‘rinlarni egallab turibdi. Ular mavsum boshlanganidan beri hali birorta uchrashuvni g‘alaba bilan yakunlay olgani yo‘q.

Tecno

“Kalyari” ham, “Salernitana” ham eng kam gol urib, eng ko‘p to‘p o‘tkazgan jamoalardan hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda, to‘qqizinchi tur ikki omadsiz jamoani o‘zaro to‘qnashtirdi.

Autsayderlar bahsidan oldin Italiyaning aksariyat manbalari Eldor Shomurodovga e’tibor qaratdi. Chunki legionerimiz A Seriyadagi 12 ta golidan eng oxirgisini aynan “Salernitana“ darvozasiga kiritgan edi.

gettyimages-1250518759-2048x2048

Bu gol Shomurodov o‘tgan mavsum “Spetsiya” sharafini himoya qilgan paytda, aniqrog‘i, 2023 yilning 2 aprelida urilgan va jamoaga bir ochko keltirgan edi. Ta’kidlash joizki, ana shu gol hujumchining “Spetsiya”dagi faoliyati davomida yagonaligicha qoldi.

O‘z navbatida, Italiyaning o‘ndan ziyod jamoalarida, xususan” “Roma” hamda “Kalyari”da o‘ynagan va faoliyatida 150 tadan ko‘p to‘p kiritgan sobiq hujumchi Sandro Tovaleri  tajribali forvard hisoblangan Eldor Shomurodov nega gol ura olmayotganini tahlil qilib berdi.

- Eldor Shomurodov “Jenoa”dagi yorqin mavsumidan keyin “Roma”ga kelganidan deyarli hamma undan ko‘proq natija ko‘rsatishini kutgan edi. Lekin keyingi yillarda uning faoliyati samarali chiqmadi, xususan, “Spetsiya”dagi mavsum haqida ham shunday deyish mumkin.

Balki u ham qiyinchiliklarga qaramay, yangi muhitda o‘z o‘rnini topishi va formasini optimal daradaga keltirish uchun ma’lum miqdorda uchrashuvlarni o‘tkazishi kerak bo‘lgan o‘yinchilar toifasiga kirar. Aynan mana shunday o‘yinchilar keyinchalik eng muhim figuralarga aylanadi hamda jamoaga katta foyda keltiradi.

Shomurodov faoliyati davomida ko‘p gol urgan va shuning uchun ham “Kalyari” o‘z hissasini qo‘shishga qodir. U bu ishni asosiy yoki ikkinchi hujumchi sifatida ham uddalay oladi. Hujumkorlik haqida gapirganda ular maydonning qaysi nuqtada o‘ynashi u qadar muhim ahamiyat kasb etmaydi.  

Agar “Kalyari” g‘alaba qozona olmayotgan bo‘lsa, bunda faqat bitta hujumchining gol ura olmayotganini sabab qilib ko‘rsatish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Agar jamoaning har bir o‘yinchisi o‘z saviyasini ko‘tarsa, o‘zbek futbolchisi ham ko‘proq gol urish imkoniga ega bo‘lib, natijalari bilan maqtanishi mumkin edi.

Hozir jamoa o‘yini shakllanayotganini inobatga olib, hujumchiga darvoza oldida qulay vaziyat yaratib berilmayotgani uchun u ham qiyinchilikka duch kelyapti.

Agar jamoaning o‘tgan yilgi to‘purari Janluka Lapadula safga qaytsa, u Zito Luvumbo bilan birga asosiy hujum tandemini tashkil qilishi mumkin. Biroq mavsum ancha uzoq va uning o‘tishiga qarab, Andrea  Petanya, Leonardo Pavoletti va albatta, Eldor Shomurrdovning ham hissasi muhim ahamiyat kasb etadi.

Xulosa qilib aytganda, men jamoa A Seriyadagi joyini saqlab qolishiga ishonman. Chunki bu tarkibni men juda yaxshi biladigan murabbiy boshqarmoqda, - dedi Sandro Tovaleri.

cagliari-s-eldor-shomurodov--r--and-udinese-s-nehuen-perez--l--in-action-during-the-italian-serie-a-soccer-match-cagliari-calcio-vs-udinese-calcio--efe

Eslatib o‘tamiz, “Salernitana” – “Kalyari” uchrashuvini 22 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.

Ekspert: Muammo Shomurodovda emas, bunaqada hech qaysi hujumchi o‘zini ko‘rsata olmaydi!

Fayzullaev “Napoli”da osonlikcha o‘ynab ketadi

Fayzullaev kelajakni kutishni istamadi!

Fayzullaev qimmat yulduzlarni so‘ndirib qo‘ydi!

Beshta manba Shomurodov haqida xavotirli xabar chiqardi

Evropada O‘zbekiston g‘alabasi qanday baholandi?

Evropada O‘zbekiston o‘yiniga e’tibor qaratishdi

“Lans”: Husanov uchun hali hammasi oldinda

Shomurodov - arzon jamoaning qimmat o‘yinchisi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!