Ekspert hakamlar OKMK - “Andijon”, “Qizilqum” - “Navbahor” o‘yinida faoliyat olib borgan hakamlar faoliyatini tahlil qildi

  • 5 may, 15:45
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 8-turidan o‘rin olgan OKMK — “Andijon” uchrashuvining 60-daqiqasida OKMK futbolchisi to‘psiz vaziyatda raqib jamoa vakilining yuziga tirsak bilan zarba berdi. Bosh hakam Rustam Lutfullin ushbu holatda VAR hakami bilan maslahatlashgan holda to‘g‘ri qaror chiqardi va tegishli chorani ko‘rdi.

Tecno

Biroq, bellashuvning 85-daqiqasida bahsli penalti holati yuzaga keldi. Futbolchilar o‘rtasida to‘p uchun kurash davomida bosh hakam penalti belgiladi. Ammo vaziyatni tahlil qilgan ekspert hakamlar qaroriga ko‘ra, ushbu holatda 11 metrlik jarima zarbasi tayinlanmasligi kerak edi. 

Hakamlar qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Rustam Lutfullin xatolikka yo‘l qo‘ygani uchun nomuayyan muddatga chetlatildi.

Shuningdek, “Qizilqum” — “Navbahor” o‘yinining 90+5-daqiqasida bosh hakam Ahrol Risqullaev “Navbahor” futbolchisining qo‘liga tekkan to‘p sababli penalti belgiladi. VAR orqali vaziyat tekshirilgach, qaror o‘zgarishsiz qolgan va 90+12-daqiqada ushbu penalti amalga oshirilgan. Ammo ekspertlar ushbu holatda futbolchining qo‘li tanasiga yopishib turgani bois penalti tayinlanmasligi kerak deb topdi. 

Hakamlar qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ahrol Risqullaev ham o‘yinda yo‘l qo‘ygan xatosi tufayli nomuayyan muddatga chetlatildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
05/05/2025 18:43
Рисхитуллаев Лутфулинлар БАТАМОМ футболдан четлатилиши керак нима учун булар учун Хамиков ишдан кетди АГМК ачко ишлаб Олди булар номуайян вактга четлатилди бу ХАММАСИ келишилгандек ЭМАСМИ охирги вактлар Пахтакорни урнига АГМК коладими.
&
Qaxramonjon
05/05/2025 16:00
Йукотилган очколарни каердан сураб олиниши керак АГМК доимо судьялар панохида уйин утказади, качон халоллик кириб келади Узбек футболига афсус хеч качон
Mannonov Dilshod
06/05/2025 04:47
После пожара кул насос. Очколар узгармайдику. Чемпионат якунида шу 1- 2 очко хал килади
&
Адхамжон Низомов
06/05/2025 00:29
Водий жамоаларин чопиш бошланди.Кейинг уйинларда шу холат такрорланса Водий ва Воха жамоалари уйинни давом эттирмай,бойкот килиш керк.Чемпионатдан четлатилса янада яхши.Уз чемпионатларини утказиш керак.Вохада хам,Водийда хам жамоалар етарли.Хе уша суперлиганга.сенларни.Тошкент жамоалари узи утказаверсин чеммионатини.
&
Давлат
05/05/2025 16:54
Энди футболга кизикиш ортиб бораетган пайтда, Хакамлар яна хаммасини синдириб ташлашаяпди. Эх,Ох деган билан хеч нарса узгармаяпди. Нима дейишга хам нима килишга хам хайросан. Яхшиси футбол курмай куяколайлик.