
Edvards keyingi ikki yil uchun qanday rejalar tuzgan?
Yarim o‘rta vazn toifasi UFC chempioni Leon Edvards kelasi ikki yildagi ulkan rejalari haqida gapirdi.
"Bu yil chempionlik unvonimni ikki marta himoya qilaman va bu to‘rtinchi himoyam bo‘ladi. Balki, keyingi yil yana bir marta kamarni saqlab qolish uchun jang qilib, undan so‘ng, yilning oxiriga kelib, o‘rta vazn toifasida chempionlik uchun oktagonga chiqarman", - dedi jangchi.
Eslatib o‘tamiz, Edvards(22-3-1) navbatdagi jangini Belal Muhammad(23-3-1)ga qarshi o‘tkazadi.
Ma’lumot o‘rnida, engil vazn toifasi chempioni Islam Maxachev ham Edvardas bilan jang qilmoqchiligini ma’lum qilgandi.
Fikrlar