
Ederson: "Siti"ga faqat bir futbolchi yulduz bo‘lib kelgan"
Ederson "Manchester Siti" futbolchilarining muvaffaqiyati uchun Pep Gvardiola katta hissa qo‘shganini ta’kidladi.
"Bir o‘yin bo‘lgandi - "Manchester Yunayted" yoki "Liverpul"ga qarshi, aniq esimda yo‘q. Biz butun hafta davomida ma’lum uslubda o‘ynash uchun mashg‘ulot o‘tkazgandik, ammo o‘yin oldidan murabbiy fikrini butunlay o‘zgartirib, boshqacha o‘ynaymiz, degan qarorga keldi. O‘sha uchrashuvda g‘alaba qozondik.
Pep juda talabchan va shu bilan birgalikda maydonda o‘zimiz bo‘lishimiz uchun erkinlik va ishonch beradi.
Menimcha, Erling jamoamizga yulduz bo‘lib kelgan yagona futbolchi bo‘lsa kerak. Men, Lyaport, Stouns, Diash va Bernardu "Siti"ga ko‘chib o‘tgan paytimizda yulduz emasdik. Biz Gvardiola bilan ancha yaxshilandik. Pep har bir futbolchidan maksimal foyda olishga qodir. Albatta, bu uning kuchli tomonlaridan biri", - dedi "shaharliklar" posboni.
Fikrlar