EChLda guruh bosqichi yakunlandi. Biz nimchorak finalda daxshatli qarama-qarshiliklar guvohiga aylanishimiz mumkin

  • 3 noyabr, 2022, 11:36
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha UEFA Chempionlar ligasida 6-tur uchrashuvlari yakuniga etdi. Pley-off yo‘llanmasiga ega chiqqan 16 jamoa nomi ma’lum bo‘ldi. 

Tecno

Guruh bosqichi natijasiga ko‘ra, "Napoli", "Liverpul", "Portu", "Bryugge", "Bavariya", "Inter", "Tottenxem", "Ayntraxt", "Chelsi", "Milan", "Real" Madrid, "Leyptsig", "Manchester Siti", "Borussiya" (Dortmund) , PSJ va "Benfika" turnirning 1/8 finaliga yo‘l oldi.

Guruhlarida birinchi o‘rinni egallaganlar klublar birinchi savatchadan, ikkinchi o‘rinni egallaganlar esa keyingi savatchadan joy oladi. Bir mamlakat jamoalari, shuningdek, joriy mavsum bir guruhda o‘ynagan klublar 1/8 finalda to‘qnash kela olmaydi.

Chempionlar ligasining 1/8 finali uchun savatchalar quyidagicha ko‘rinish oladi:

Birinchi savatcha: "Napoli", "Portu", "Bavariya", "Tottenxem", "Chelsi", "Real" Madrid, "Manchester Siti", "Benfika".
Ikkinchi savatcha: "Liverpul", "Bryugge", "Inter", "Ayntraxt", "Milan", "Leyptsig", "Borussiya D", PSJ.

Qur’a modeli taxminlariga ko‘ra, musobaqa nimchorak final bosqichida "Bavariya" - "Liverpul" to‘qnash kelishi ehtimoli 39,9% foizga baholanmoqda.

Boisi, mersisaydliklar guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi. Premer-ligadagi qolgan uchta jamoasi esa kvartet g‘olibligini qo‘lga kiritgan holda pley-off yo‘llanmasiga ega chiqqan va ular 1/8 final bosqichida "Liverpul"ga to‘qnash kelmaydi. Nimchorak finalga yo‘llanma olgan Germaniyaning uchta jamoasi esa ikkinchi o‘rinni egalladi. Tabiiyki, ular "Bavariya" bilan o‘ynamaydi. 

Shuningdek, "nemis mashinasi"ga PSJ (ehtimoliy to‘qnash kelish foizi - 18.111), "Milan" (18.111 foiz), "Bryugge" (18.111 foiz) va "Milan" (23.916 foiz) kabi jamoalar ham raqib bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, biz o‘tgan yilgi finalchilar qarama-qarshiligini ham kuzatishimiz mumkin. "Real" va "Liverpul" bu safar nimchorak finalda to‘qnash kelishi mumkin. PSJ so‘nggi turda to‘plar farqiga ko‘ra "Benfika"ga guruh g‘olibligini berib qo‘ydi. Bu parijliklar uchun qiyin raqiblar to‘qnash kelishiga sabab bo‘lsa, muxlislarga super to‘qnashuvni taqdim etishi mumkin. 

PSJga ehtimoliy raqiblar esa "Manchester Siti", "Real","Chelsi", "Tottenxem", "Portu"va "Napoli" bo‘lishi mumkin. Biz katta ehtimol bilan "Manchester Siti" - PSJ yoki "Real" - PSJ kabi daxshatli bellashuvlarning guvohi bo‘lishimiz mumkin. 

"Shaharliklar"ga esa PSJ, "Leyptsig", "Inter", "Ayntraxt", "Bryugge" va "Milan" kabi jamoalardan biri raqib bo‘ladi. 

"Liverpul" va PSJning guruhda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani bois, biz nimchorak final bosqichida kamida ikkita super o‘yin ko‘rishimiz mumkin.

ni

7 noyabr kuni UEFAning Nyon shahridagi (Shveytsariya) qarorgohida Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. 

Chempionlar ligasi 1/8 finalining dastlabki o‘yinlari 2023 yilning 14-15 va 21-22 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yinlari 7-8 va 14-15 mart kunlari o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!