
EChL. "Real" qiyinchilik bilan, "Manchester Siti" esa osongina keyingi bosqich masalasini hal qildi
Chempionlar ligasida yana ikki chorak finalchi aniqlandi. "Real" va "Manchester Siti" keyingi bosqichda.
Dastlabki bahsda bitta gol bilan o‘yin taqdirini hal qilgan "Real" "Leyptsig" bilan o‘z maydonida durang o‘ynadi.
Dastlab, Vinisius hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Orban imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi.
"Real" 1:1 "Leyptsig" (1:2)
"Manchester Siti" "Kopengagen"ni javob bahsida qiyinchiliksiz taslim qildi.
Akanji va Alvareslar tezkor gol urib, farkni ikkitaga oshirib olgan bo‘lsa, Elyunissi javob qaytardi, taym so‘nggida esa Xoland o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.
"Manchester Siti" 3:1 "Kopengagen" (6:2)
Shu tariqa, "Real" va "Manchester Siti" 1/8 bosqichini hal qildi.
Fikrlar