EChL. "Real" Madridda "Shaxtyor"ni mag‘lub etdi

  • 6 oktabr, 2022, 01:51
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi "F" guruhi doirasidagi "Real" - "Shaxtyor" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan bellashuvda madridliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

"Qirollik klubi"ning ikki golini braziliyalik hujumchilar Vinisius Junior va Rodriga mualliflik qildi. Ukrain klubi kiritgan to‘p esa Aleksandr Zubkov nomiga yozildi. Qo‘lga kiritilgan g‘alabadan keyin "qaymoqranglilar" 9 ochko bilan guruhda yakka peshqadamga aylanib olgan bo‘lsa, "Shaxtyor" 4 ochko to‘plagan holda 2-o‘rinni band etib turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!