
EChL. PSJ "Nyukasl" bilan bahsda amallab durang o‘ynadi, Mbappe qutqaruvchi rolida
Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqich 5-turidan o‘rin olgan PSJ - "Nyukasl" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Aleksandr Isakning 24-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Kilian Mbappe 90+8-daqiqada muvozanatni tikladi.
Ochkolari sonini 7 taga etkazib olgan parijliklar "o‘lim guruhi"da 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 5 ochkosi bor Eddi Xau shogirlari 3-pog‘onani band etgan.
Fikrlar