
EChL. "Napoli" va "Real Sosedad" minimal hisobda zafar quchdi
EChL 3-turidan o‘rin olgan bir qancha uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
"Union" - "Napoli" uchrashuvi mehmonlarning 0:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. O‘yindagi yagona gol 65-daqiqada Raspadori tomonidan urildi.
3 ochkoni qo‘lga kiritgan neapolliklar guruhda 2-o‘ringa chiqib oldi. Birinchi o‘rinda esa "Rea" turibdi.
"Benfika" - "Real Sosedad" o‘yinida ispaniyaliklarning qo‘li baland keldi. 63-daqiqada Mendes o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yib, jamoasiga g‘alaba taqdim etdi.
Ushbu g‘alabadan keyin "Real Sosedad" guruhda peshqadamga aylanib olgan bo‘lsa, "Benfika" so‘o‘nggi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar