
EChL. Mbappening dubli PSJga "Yuventus" ustidan g‘alaba taqdim etdi
Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan PSJ - "Yuventus" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Maydon egalari safida ikkala golga ham Mbappe mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona goli Makkenni nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, dastlabki turda parijliklar 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Italiya klubi ochko olishga muvaffaq bo‘lmadi.
Fikrlar