
EChL. Haftaning eng chiroyli goli aniqlandi
Evropa Chempionlar Ligasida haftaning eng chiroyli goli aniqlandi.
"Real" yarim himoyachisi Federiko Valverdening "Manchester Siti" darvozasiga urgan goli Chempionlar ligasida o‘tgan haftaning eng yaxshisi deb topildi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar berdi. Valverde 79-daqiqada Vinisiusning uzatmasidan so‘ng, to‘pni to‘xtatmasdan zarba berib, hisobni tenglashtirgandi. Urugvaylikning goli evaziga uchrashuv 3:3 hisobida yakunlandi.
Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" va "qaymoqranglilar" o‘rtasidagi javob uchrashuvi kelasi hafta, 17 aprel kuni Manchesterda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar