
EChL. Felishning benefesiga aylanib ketgan o‘yinda "Barsa" yirik hisobda zafar quchdi
EChL 1-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Antverpen" bahsi mezbonlarning 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
O‘yinda Felish ikki gol va bitta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, Levandoski va Gavi bir martadan Butesni ranjitdi. Shuningdek, Yelle ham o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
Ushbu g‘alabadan keyin kataloniyaliklar o‘z guruhida peshqadamga aylanib oldi.
Fikrlar