
Dzyudo. Terma jamoamiz xalqaro turnirni bitta medal bilan yakunladi
Terma jamoamiz Tel-Aviv "Katta Dubulg‘a" turniridagi ishtirokini bitta kumush medal bilan yakunladi.
-73 kg vazndagi dzyudochimiz Obidxon No‘monov finalga qadar etib bordi. Hal qiluvchi bahsda Ozarbayjon vakili hamyurtimizdan oltin medalni tortib oldi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi turnirga quyidagi tarkib bilan yo‘l olgan edi:
-52 kg: Diyora Keldiyorova;
-70 kg: Shoxista Nazarova;
-60 kg: Mirzohid Muhammadjonov;
-66 kg: Bobur Vadjiev;
-73 kg: Obidxon No‘monov;
-81 kg: Ma’ruf Xidirov;
-90 kg: Shermuhammad Jandreev;
-90 kg: Jaloliddin Qurbonmurodov;
-100 kg: Otabek To‘raboev;
+100 kg: Bekmurod Oltiboev.
Fikrlar