
Dzyudo. Sharofiddin Boltaboev jahon chempionatini kuchli beshlikda yakunladi
Xabar berganimizdek, Abu-Dabi shahrida davom etayotgan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatining bugungi dasturida bir nafar hamyurtimiz tatamiga chiqdi.
Erkaklar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida bahs olib borgan Sharofiddin Boltaboev jahon chempionatining bronza medali uchun kechgan bellashuvda Koreya Respublikasi dzyudochisi Jun Hvan Liga qarshi tatamiga chiqdi. Afsuski, vakilimiz medal uchun kechgan bellashuvda raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shunday bo‘lsa-da, Boltaboev jahon chempionatidagi ishtiroki orqali Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lidagi so‘nggi 720 reyting ochkoni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Sharofiddin Boltaboev shu oy boshida Astanada bo‘lib o‘tgan "Katta Dubulg‘a" turnirida chempion bo‘lgan edi.
Terma jamoamiz a’zolarining Jahon chempionatidagi ishtiroki davom etadi.
Fikrlar