
Dzyudo. Jahon chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi e’lon qilindi
Joriy yilning 19-24 may kunlari Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Bu galgi dunyo birinchiligida sayyoramizning 110 davlatidan jami 682 nafar (362 erkak, 320 ayol) dzyudochi ishtirok etishi rejalashtirilgan. Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 17 nafar dzyudochi bilan qatnashadi.
Ta’kidlash kerakki, Abu-Dabi tatamilarida erkaklar terma jamoamizning 9 nafar vakili - 60 kg: Dilshodbek Baratov, Doston Ro‘ziev, 66 kg: Sardor Nurillaev, Muhriddin Tilovov, 73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev, Shahram Ahadov, 81 kg: Sharofiddin Boltaboev, 90 kg: Davlat Bobonov, +100 kg: Alisher Yusupov Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lidagi so‘nggi reyting ochkolari uchun ham musobaqalashadi.
Jahon chempionatiga yo‘l olgan terma jamoamizning to‘liq tarkibi quyidagicha:
Erkaklar:
-60 kg: Dilshodbek Baratov
-60 kg: Doston Ro‘ziev
-66 kg: Sardor Nurillaev
-66 kg: Muhriddin Tilovov
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
-73 kg: Shahram Ahadov
-81 kg: Sharofiddin Boltaboev
-90 kg: Davlat Bobonov
+100 kg: Alisher Yusupov
Ayollar:
-48 kg: Halima Qurbonova
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-52 kg: Sita Qadamboeva
-57 kg: Shukurjon Aminova
-70 kg: Shohista Nazarova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-78 kg: Irisxon Qurbonboeva
+78 kg: Rinata Ilmatova
Fikrlar