Dzyudo. Bugun Davlat Bobonov va yana 3 nafar vakilimiz jahon chempionatida tatamiga chiqadi

  • 22 may, 2024, 09:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Bugun Abu-Dabi shahrida davom etayotgan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionatida to‘rt dzyudochimizga muxlislik qilamiz. Ular orasida Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari sovrindori, 2022 yilgi Toshkentdagi jahon chempionati g‘olibi Davlat Bobonov ham bor!

Tecno

Birlashgan Arab Amirliklari poytaxtida joylashgan "Mubadala Arena"da o‘tayotgan dunyo birinchiliginining bugungi kun dasturida to‘rt nafar dzyudochimiz tatamiga chiqadi.

Dzyudochilarimizning ilk raqiblari:

-70 kg: Shohista Nazarova - Kim Polling (Italiya)

-70 kg: Gulnoza Matniyazova - Ekaterina Tokareva (Qozog‘iston)

-78 kg: Irisxon Qurbonboeva - Brenda Olaya (Kolumbiya) 

-90 kg: Davlat Bobonov - Luis Gagnon Krieber (Kanada)/Peter Safrani (Vengriya)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!