
Dzyudo. Bugun Abu-Dabida Sharofiddin Boltaboevga muxlislik qilamiz!
Bugun Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi 37-jahon chempionatining uchinchi kungi bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Bugun O‘zbekiston nomidan birgina Sharofiddin Boltaboev tatamiga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, Sharofiddin Boltaboev shu oy boshida Astanada bo‘lib o‘tgan "Katta Dubulg‘a" turnirida chempion bo‘lgan edi.
Jahon chempionati. Birinchi davra:
-81 kg: Sharofiddin Boltaboev - Kell Berliner (AQSh)
Fikrlar