Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi

  • 24 fevral, 2018, 12:00
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

21 fevral kuni Namangan shahrida dzyudo bo‘yicha 1998 va 1999 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida start olgan O‘zbekiston chempionatiga yakun yasaldi.

Tecno

Unda 309 nafar o‘g‘il bolalar 8 vazn toifasida (-55, -60, -66, -73, -81, -90, -100, +100) g‘oliblik uchun kurash olib borishgan bo‘lsa, 112 nafar qiz bolalar -44, -48, -52, -57, -63, -70, -78, +78 kg vazn toifalarida kuch sinashdilar.

Kecha musobaqaning so‘nggi kunida barcha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

O‘g‘il bolalar musobaqalarida Hasan Botirov (-55 kg), Manuchehr Shirinov (-60 kg), Behruz Amandavlatov (-66 kg), Obidxon No‘monov (-73 kg), Yusufbek Normatov (-81 kg), Rufat Xudakov (-90 kg) Shahboz Po‘latov (-100 kg), Beknazar To‘raqulov (+100 kg) shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildilar.

Qiz bolalar bellashuvlarida Gulnur Muratboeva (-44 kg), Ruskajon Yo‘ldosheva (-48 kg), Mahliyoxon Yo‘ldosheva (-52 kg), Sanobar Sultonova (-57 kg), Xojinsa Kamoldinova (-63 kg), Chinora Xudoyqulova (-70 kg), Rinata Ilmatova (-78 kg), Nodira Yo‘ldosheva (+78 kg) birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!