Dyokereshga kutilmagan xaridor chiqdi

  • 23 mart, 21:14
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sporting"  hujumchisi Viktor Dyokeresh Angliya Premer-ligasiga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda "Football Transfer" xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, shved hujumchisini "Nottingem Forest" ham o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Ushbu mavsumda kutilmaganda musobaqa etakchilari qatoriga qo‘shilgan "o‘rmonchilar" allaqachon muzokaralarni boshlashgan va kelayotgan yozda transferni rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda. Avvalroq unga "Liverpul" va "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida ko‘plab xabarlar tarqalgan edi.

Joriy mavsumda Portugaliya chempionatida Dyokeresh 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 28 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!