
"Dushanbe Open". O‘zbekistonlik tennischilar yakkalik va juftlik bahslarida oltin medallarni qo‘lga kiritdi
Tojikistonda "Dushanbe Open" turniri boshlandi.
Qizlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida finalga o‘zbekistonlik raketka ustalari etib keldi. Yakunda birinchi o‘rinni Sabrina Olimdjonova, ikkinchi pog‘onani Shahnoza Marimovalar egalladi.
Ayollar o‘rtasidagi juftlik bahslari finalida Munisa Ashurbekova, Shaxnoza Marimova bilan birgalikda Valeriya Ilmeneva va Anastasiya Koshelevaga qarshi kortga chiqdi. Mazkur uchrashuv 7:6 6:1 hisobida tennischilarimiz foydasiga hal bo‘ldi.
Erkaklar o‘rtasidagi juftlik bahslari finalida Bobur Madaminov va Bobur Mirzo Yoqubjonov Maksimus Zavier Vong va Vitaliy Zatsepinga qarshi kortga chiqdi. Afsuski, bahsda raqib tennischilarining qo‘li baland keldi tennischilarimiz 3:6 6:7 hisobi bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar