Dunyoda Braziliya, Markaziy Osiyoda esa O‘zbekiston. Gap nima haqida ketyapti?

  • 20 aprel, 2020, 20:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol statistikasi va tarixini o‘rganuvchi CIES xalqaro markazi futbol olamidagi legionerlar sonini hisoblab chiqdi.

Tecno

n

Unga ko‘ra eng ko‘p legioner Braziliyadan. Ayni damda 1600 nafar braziliyalik futbolchi dunyo klublarida to‘p surmoqda.

psj_1

Kuchli uchlikdan esa Frantsiya (1027) va Argentina (972) joy oldi.  Ushbu davlatlar legionerlar hisobiga ko‘ra Angliya (565), Ispaniya (559), Serbiya (521), Germaniya (480), Kolumbiya (467), Xorvatiya (446), Nigeriya (399), Urugvay (383), Gollandiya (368) va Portugaliyani (362) sezilarli tarzda ortda qoldirishmoqda.

shma

O‘zbekiston esa ushbu ro‘yxatda 81-o‘rinda qayd etildi. Hozirgi paytda 28 nafar o‘zbekistonlik futbolchi xorijda to‘p surmoqda. Ularning 75% oliy divizionlarda to‘p surishadi.

son

Osiyo qit’asini oladigan bo‘lsak, ayni damda eng ko‘p legioner Yaponiyadan. Kunchiqar yurtdan 161 nafar futbolchi xorij klublari a’zosi hisoblanadi.

malkom_1

Kuchli uchlikda esa Avstraliya (124) va Janubiya Koreya (121) qayd etildi. O‘zbekiston (28) qit’ada Eron (28) bilan 5-6 o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.

golo

MDH davlatlari orasida legioner etishtirish bo‘yicha hozircha Ukrainaga teng keladigani topilmayapti. Ayni damda 250 nafar ukrainalik futbolchi o‘z davlatidan tashqarida harakat qilmoqda. Keyingi o‘rinda esa Rossiya bormoqda. Ularning 230 nafar futbolchisi xorijiy chempionatlarda o‘ynamoqda.

odil

Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng ko‘p legioner O‘zbekistondan ekanligi quvonarli. Keyingi o‘rin esa Qirg‘izistonga tegishli. Ularning 9 nafar futbolchisi legioner maqomini olgan. Qozog‘iston va Tojikistonda 8 nafardan legioner bor. Bor yo‘g‘i 5 nafar turkmanistonlik futbolchi xorijda o‘ynamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Muhammad Rahmatillaev
20/04/2020 20:51
Жуда қизиқарли мақола янгилик бўлибти шунга ўхшаган хабарлардан кўпроқ бўлсин ишларинага омад Спортс.уз сайт ходимлари.