Dunyo futbolidagi eng zo‘r markaziy hujumchi aniqlandi

  • 26 avgust, 2024, 19:17
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Give me Sport nashri jahon futbolidagi eng zo‘r markaziy hujumchilar reytingini e’lon qildi. Bu reytingga ko‘p gol urgan Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi kiritilmadi. 

Tecno

Nashr o‘z bu holatni portugaliyalik va argentinalik “Oltin to‘p” sohiblari faoliyatining katta qismida boshqa pozitsiyada o‘ynagani bilan izohladi. 

Give Me Sport talqiniga ko‘ra, eng zo‘r markaziy hujumchilar reytingi quyidagicha ko‘rinish oldi: 

1. Pele
2. Ferents Pushkash
3. Gerd Myuller
4. Romario
5. Eusebio
6. Alfredo Di Stefano
7. Ronaldo
8. Terri Anri
9. Jimmi Grivz
10. Ueyn Runi
11. Marko van Basten
12. Gabriel Batistuta
13. Robert Levandovski
14. Alan Shirer
15. Luis Suares
16. Fernandu Peyroteu
17. Zlatan Ibragimovich
18. Karim Benzema
19. Shandor Kochish
20. Diksi Din

Reytingni tuzishda hujumchilarning gollari va sovrinlari soni, “Oltin to‘p” va shu kabi shaxsiy sovrinlari hamda eng asosiysi-faoliyatining katta qismida markaziy hujumchi pozitsiyasida o‘ynagani inobatga olindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!