"Dubai Cup". O‘zbekiston bugun Vetnam bilan o‘ynaydi

  • 29 mart, 2022, 00:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi "Dubai Cup" xalqaro turnirida ishtirok etmoqda.

Tecno

Bugun Temur Kapadze shogirdlari turnirdagi uchinchi uchrashuvni o‘tkazadi. Vakillarimizga Vetnam  yoshlari raqiblik qiladi.  Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:00da start oladi. Mazkur bahs "Al Avir" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. 

Eslatib o‘tamiz, olimpiya terma jamoamiz ushbu turnirdagi ilk o‘yinda Saudiya Arabistoniga imkoniyatni boy bergan. Uchrashuv 2:0 hisobida saudiyaliklar g‘alabasi bilan yakunlangandi. 

Ikkinchi bahsda hamyurtlarimiz mezbon BAA U-23 terma jamoasi bilan kuch sinashgan. Yakunda jamoalar 0:0 hisobidagi nursiz durangga imzo chekkandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!