
Do‘smatov va Bibosinov yana to‘qnash kelishlari mumkin
Ertaga Rossiyaning Xabarovsk shahrida start oladigan boks bo‘yicha xalqaro xotira turniriga qur’a tashlandi. -54 kg vazn toifasidagi holatga e’tibor qarating.
Hasanboy Do‘smatov ilk davrada tojikistonlik Hasan Salohiddinov bilan bellashadi. Bokschimiz ushbu raqib to‘sig‘idan o‘tsa, unga ukasi Faryozbek Do‘smatov raqiblik qilishi kerak. Ushbu juftlik g‘olibi esa yarim finalda qozog‘istonlik Saken Bibosinov bilan to‘qnash kelishi mumkin.
Bo‘lajak musobaqada barcha yurtdoshlarimizga omad tilaymiz.
Fikrlar