Donnarumma: "Orzum — "Manchester Siti" bilan Chempionlar ligasini yutish"

  • 12 sentabr, 02:10
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" darvozaboni Janluiji Donnarumma yaqinda bergan intervyusida klub bilan asosiy maqsadini oshkor qildi.

Tecno

"Biz oldimizga finalga chiqish maqsadini qo‘yganmiz. Bundan qochmayman, bu haqda orzu qilaman. Chempionlar ligasida "Siti" bilan g‘alaba qozonish — bu mening orzum. Lekin buning uchun barqarorlik, katta mehnat va har bir o‘yinda o‘zimizni namoyon etish kerak", — dedi italiyalik posbon.

26 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda PSJ tarkibida Chempionlar ligasida g‘alaba qozongandi. Ammo sentyabr oyi boshida u parijliklarni tark etib, "Manchester Siti" safiga qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" o‘tgan mavsum pley-offning dastlabki bosqichida "Real Madrid"ga mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani erta tark etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!