Donnarumma Luis Enrikening ishini baholadi

  • 1 iyun, 11:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasi finalida doirasidagi PSJ - "Inter" (5:0) o‘rtasidagi bellashuvdan so‘ng parijliklar darvozaboni Janluiji Donnarumma o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
"Bir necha bor tushib ketish arafasida turdik, ammo oldinga siljishga muvaffaq bo‘ldik va natijada ajoyib mavsumni o‘tkazdik. 
 
Murabbiyimiz Luis Enrike bizga erkinlik berdi va xotirjamlik bilan ruhlantirib turdi. Bu uning falsafasi. U bizni finalga eng yaxshi tarzda tayyorladi va biz buning samarasini ko‘rdik"
- deya ta’kidladi italiyalik darvozabon. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 26 yoshli posbon kechagi uchrashuvni to‘liq o‘tkazib, 7.9 ballni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!