Dmitriy Bivolning sobiq rafiqasi bokschidan yana pul talab qilmoqda

  • 17 sentabr, 15:11
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Rossiyalik bokschi Dmitriy Bivolning sobiq rafiqasi Ekaterina Bivol ikki farzandi uchun oladigan aliment miqdori haqida gapirdi.

Tecno

"Mamlakatimizda qonun bor: ajrashgach, bolalarning turmush darajasi pasaymasligi kerak. Katta o‘g‘lim uch yoshidan beri xokkey bilan shug‘ullanadi – uning konkisi taxminan 72 ming rubl turadi. Uni men sotib oldim, lekin nega Bivol emas? Nega otasi bilan xokkey o‘ynagan o‘g‘lim otasisiz endi bu sportni tashlashi kerak? Hozir u oyiga 128 ming rubl to‘laydi. Aslida esa ikki bola uchun 516 ming rubl kerak", — dedi Ekaterina Bivol "Pust govoryat" dasturida.

Eslatib o‘tamiz, ushbu juftlik 2023 yilda ajrashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
17/09/2025 16:24
тугри-да... чемпион булсаю, болаларига туламайди-ми?