Diyora Keldiyorova Yaponiyadagi mashg‘ulot yig‘inini yakunladi

  • 5 may, 2024, 22:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Dzyudo
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi etakchisi Diyora Keldiyorova Yaponiya poytaxti Tokio shahrida o‘tkazilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etdi. Dzyudo vatanidagi mashg‘ulotlar Diyora uchun Abu-Dabi shahri mezbonlik qiladigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik bosqich vazifasini o‘tab berdi.  

Ma’lumot uchun, Diyora Keldiyorovaning Kunchiqar yurtda o‘tkazgan mashg‘uloti ikki mamlakat dzyudo federatsiyalari o‘rtasidagi yaqin do‘stona munosabatlarning mahsuli bo‘ldi. 

"Yaponiya terma jamoasi bilan mashg‘ulotlarimiz yakuniga etdi. Men o‘zim uchun kerakli tajribalarni oldim. Har bir qadamim men uchun juda muhim. Qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat! Arrigato Japan", - deydi Keldiyorova.

Diyoraga safar davomida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi sport direktori Marko Spittka hamda shifokor Nelly Stromm hamrohlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!