
Diyora Keldiyorova oltin medalni qo‘lga kiritdi!
Portugaliyaning Odivelash shahrida o‘tayotgan Gran-pri musobaqasining navbatdagi oltin medalini Diyora Keldiyorova qo‘lga kiritdi. -52 kg vazn toifasidagi ayollar bahsida ishtirok etgan sportchimiz finalda vengriyalik Rika Puppni mag‘lub etdi va yilni g‘alabali yurishi bilan boshlab oldi.
E’tiborlisi shundaki, ushbu bahsda Diyoraga bir necha soniyalar etarli bo‘ldi. Dzyudochimiz ushbu g‘alabasi orqali oltin medal bilan birga jahon va Olimpiada reytingi uchun 700 ochkoni ham o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati!
Fikrlar