"Dinamo" Zagreb maydoniga Modrich nomi beriladi

  • 18 aprel, 2023, 17:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Zagrebning "Dinamo" klubi muxlislari jamoaning mashg‘ulot maydoni uchun nom tanlashdi. Ovoz berishda Xorvatiya futboli tarixida salmoqli iz qoldirgan “Dinamo”ning to‘rt nafar sobiq futbolchisidan birini tanlash kerak edi. Ushbu ro‘yxatga Luka Modrich, Zvonimir Boban, Robert Prosinechki va Mateo Kovachich kiritildi.

Tecno

Luka eng ko‘p ovoz to‘pladi (44,91%) va aynan uning sharafiga maydon nomi beriladi. Bu haqda Zagreb klubi matbuot xizmati xabar berdi.

2012 yilning yozi oxiridan beri Modrich "Real"da o‘ynamoqda. 2018 yilda xorvatiyalik "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!