"Dinamo" oxirgi marta Samarqandda "Lokomotiv"ga yutqazgandi. Ular bu tur ham "temiryo‘lchilar"ga qarshi to‘p tepishadi

  • 19 iyun, 2019, 14:13
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Lokomotiv” Coca Cola Superligasi 12-turi doirasida safarda “Dinamo” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Qayd etish kerak, “Dinamo” jamoasi ushbu mavsum Superligada o‘z maydonida birorta uchrashuvda mag‘lub bo‘lmadi – 3 g‘alaba va 3 durang.

Tecno

“Dinamo” o‘tgan mavsumni Pro ligada o‘tkazgandi. 2017 yilda esa oliy ligada o‘ynagan. O‘sha yili “Dinamo” 29-turda “Lokomotiv”ga 1:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan va ushbu mag‘lubiyat samarqandliklarning O‘zbekistonning eng yuqori ligasida o‘z maydonidagi so‘nggi mag‘lubiyati bo‘lgandi. Ushbu g‘alabadan keyin “Lokomotiv” 2017 yilgi O‘zbekiston chempioniga aylangandi. Bu haqda "Lokomotiv" matbuot xizmati xabar berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!