
"Dinamo" o‘rtoqlik o‘yinida "Olimpiya"dan ustun keldi
O‘rtoqlik o‘yini doirasida "Dinamo" va "Olimpiya" jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. Unda samarqandliklar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
1-bo‘lim oxirida Bahodir Nasimov bosh bilan to‘pni raqib darvozasiga yo‘llab, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda esa Xislat Halilov ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Bundan oldin "Dinamo" "Lokomotiv" yoshlarini yirik 4:0 hisobida mag‘lub etgandi.
Fikrlar