"Dinamo" "Bunyodkor"ni faqat bir marta yutgan xolos. Raqib chindan ham murakkabmi?

  • 31 mart, 2022, 08:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 4-turining e’tiborli uchrashuvlaridan biri Toshkentda «Bunyodkor» hamda «Dinamo» o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Tecno

O‘zaro o‘yinlar: 23-to‘qnashuv

Oliy liga tarixida «Bunyodkor» va «Dinamo» klublari o‘zaro bugungacha 22 marta to‘qnash kelishgan. Bugungi Toshkentdagi o‘yin 23-to‘qnashuv sifatida tarixda qoladi. O‘zaro uchrashuvlar statistikasi «Bunyodkor» ustunligini ko‘rsatmoqda. «Bunyodkor» 18 ta o‘yinda g‘olib bo‘lgan, 3 ta o‘yin durang hisobida yakunlangan. «Dinamo» ushbu raqibni hozirgacha bir marta mag‘lub etgan – 2014 yilda Toshkentda Azamat Bobojonovning 90+4-daqiqada kiritgan goli evaziga. Ko‘ramiz, «Dinamo» 8 yil avvalgi natijani bu safar takrorlay olarmikan...

To‘plar nisbatida ham ustunlik «Bunyodkor» tomonida - 44:12. O‘zaro o‘yinlarda «Dinamo» 6, «Bunyodkor» esa 57 ochkoni qo‘lga kiritgan.

«Bunyodkor»ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 4:0 ga teng. «Dinamo»ning yagona g‘alabasi – 1:0.

Toshkent bo‘lib o‘tgan o‘zaro so‘nggi 7 uchrashuv:

27/09/19. Bunyodkor – Dinamo – 4:2

20/04/17. Bunyodkor – Dinamo – 1:1

20/04/17. Bunyodkor – Dinamo – 1:1

23/05/15. Bunyodkor – Dinamo – 1:0

23/08/14. Bunyodkor – Dinamo – 0:1

05/10/13. Bunyodkor – Dinamo – 4:1

03/09/12. Bunyodkor – Dinamo – 2:1

Eski tanishlar...

Bugungi kunda «Bunyodkor»da to‘p surayotgan Dilshod Jo‘raev va Suhrob Sultonov 2011 va 2012 yilda «Dinamo» safida Oliy ligada debyut qilgan bo‘lishsa, Suhrob Izzatov 2018 yilda «Dinamo» safida pro ligada debyutini o‘tkazgan. «Dinamo» tarkibidan esa Evgeniy Chumak 2019 yilgi mavsumda «Bunyodkor» sharafini himoya qilgan.

«Dinamo» klubi matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!