
"Dinamo" bugun Tojikiston chempioni bilan o‘ynaydi
Bugun Davron Fayziev shogirdlari mazkur yig‘in doirasida Tojikistonning amaldagi chempioni - "Istiqlol" klubi bilan nazorat o‘yini o‘tkazadi.
Qo‘shnilarimiz Xo‘jand shahridagi “Guliston” qarorgohidan Toshkentga etib keladilar va soat 14:00 da bellashuv boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Hakim Fuzaylov shogirdlari bundan bir necha kun ilgari "Surxon" ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozongan edilar.
O‘rtoqlik uchrashuvi
18 mart (dushanba)
"Dinamo" (Samarqand, O‘zbekiston) - "Istiqlol" (Dushanbe, Tojikiston)
14:00 Toshkent, Chig‘atoy.
Fikrlar