"Dinamo" - "Paxtakor": Samarqandliklar nomdor raqibni yuta olmayapti (prevyu)

  • 3 mart, 2022, 14:34
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga-2022 dastlabki turi doirasi "Dinamo" jamoasi Samarqandda mamlakatning amaldagi chempioni, O‘zbekiston Superkubogi sohibi "Paxtakor"ni qabul qiladi. O‘yin oldidan bayramona kontsert va ochilish marosimi o‘tkaziladi. O‘yinni Vadim Agishev boshqarib boradi.

Tecno

Hozirgi holat

“Paxtakor” jamoasi mavsumni 27 fevral kuni O‘zbekiston Superkubogi uchun kechgan “Nasaf”ga qarshi o‘yin bilan boshladi. Makedoniyalik mutaxassis Slavche Voyneski murabbiyligidagi Toshkent klubi Yaypanda kechgan uchrashuvda “Nasaf”ni mag‘lub etib (1:0), navbatdagi Superkubok egasiga aylandi.

“Paxtakor” mavsum oldidan odatdagidek Turkiyada tayyorgarlik olib bordi. “Dinamo” jamoasi ham 3-24 fevral kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga hozirlik ko‘rdi.

O‘zaro o‘yinlar

Oliy Liga tarixida “Dinamo” va “Paxtakor” jamoalari 48 marta uchrashgan. Bahslarning 37 tasida “Paxtakor”, 6 tasida esa “Dinamo” g‘alaba qozongan, 5 ta o‘yin durang bilan yakunlangan. “Dinamo” va “Paxtakor” o‘rtasidagi Samarqanddagi so‘nggi o‘yin 2019 yilda o‘tib, o‘shanda 1:4 hisobi qayd etilgan. Toshkentdagi 1-davrada o‘tkazilgan o‘yinda esa 2:0 hisobida “Paxtakor” g‘alaba qozongan.

Kimlar maydonga tushmaydi?

Bugungi bahs oldidan ikki jamoa ham jangovar tayyorgarlikka ega. “Paxtakor” tarkibida yo‘qotish yo‘q, murabbiy barcha futbolchilarni maydonga tushirishi mumkin. “Dinamo” bosh murabbiyi Predrag Rogan esa “Nasaf”dan ijara olingan himoyachi Jo‘rabek Mannonovni maydonga tushira olmaydi. Sababi ushbu o‘yinchi o‘tgan mavsum yakunida “Nasaf” safida qizil kartochka olgani sababli, “Paxtakor” bilan bahsni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

"Dinamo" matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Farhod Ziyayev
03/03/2022 15:01
Динамо жамоамизга Омад. Фақат ижобий ижобий натижа кутиб коламиз!!! ⚽️⚽️⚽️