"Dinamo" - "Bunyodkor" o‘yini sanasi o‘zgardi

  • 11 sentabr, 2024, 12:00
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 18-turidan o‘rin olgan "Dinamo" — "Bunyodkor" bellashuvi reja bo‘yicha 15 sentyabr — yakshanba kuni bo‘lib o‘tishi lozim edi. Shu kuni shaharga yuqori martabali mehmonlar tashrifi rejalashtirilganidan kelib chiqib, uchrashuv 14 sentyabr — shanba kuniga ko‘chirildi. O‘yin vaqti o‘zgarishsiz qoldi — 19:30. 

Tecno

14 sentyabr kuni mamlakatimizda futzal bo‘yicha jahon chempionati start oladi. "Sport" telekanali o‘z dasturlarini mundialga moslab chiqqan. Shu sabab "Dinamo" — "Bunyodkor" bellashuvini efirga uzatishda muammo yuzaga keladi. Telekanal bilan o‘yinni Liganing rasmiy "You Tube" sahifasiga jonli uzatish kelishilgan. Ayni vaqtda uning Samarqand televideniesi orqali ham efirga olib chiqish masalasi ustida ishlanmoqda.

O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Искандар Нарзикулов
11/09/2024 16:31
Бунедкор еукори уринларда булганида эди йулини топар эди олиб курсатишни
&
Адхамжон Низомов
11/09/2024 12:05
Бошк каналдан олиб берса булади.Лекин хечкимга кизиги йукучрашув