
"Dinamo" - AGMK: Ustunlik kimda?
Superliganing 8-turi doirasidagi e’tiborli o‘yinlardan biri Samarqandda o‘tadi. Mavsumni ko‘tarinki ruhda boshlagan Davron Fayziev qo‘l ostidagi “Dinamo” jamoasi ancha tajribali sanalmish Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK klubini qabul qiladi. Ushbu bahs oldidan "Dinamo" klubi matbuot xizmati uchrashuvga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
Coca-Cola Superliga / 8-tur.
11 may (shanba)
«DINAMO» - AGMK
Samarqand, “Dinamo” stadioni.
Uchrashuv boshlanish vaqti: 17:30
TV-translyatsiya: «Sport» TV
Joriy mavsumda…
Yil boshida ikki xil vaziyatda bo‘lgan ushbu jamoalar mavsumni turlicha boshlashdi. “Dinamo” klubi 7 o‘yindan keyin 2 g‘alaba, 3 durang, 2 mag‘lubiyat bilan 9 ochko jamg‘argan holda 7-o‘rinni band etib turgan bo‘lsa, AGMK 7 o‘yindan keyin 2 g‘alaba, 1 durang, 4 mag‘lubiyat bilan 7 ochko to‘plab 10-pog‘onadan joy olgan. 8-turdagi g‘alaba ikki jamoa uchun juda muhim sanaladi. Zero, 8-turdagi g‘alaba ikki jamoadan birini turnir jadvalidagi holatini ancha yaxshilanishiga yordam beradi.
“Dinamo”ning o‘tkazgan o‘yinlari:
1-tur. “Dinamo” – “Nasaf” – 1:1
2-tur. “Surxon” – “Dinamo” – 1:0
3-tur. “Dinamo” – “Metallurg” – 2:1
4-tur. “Dinamo” – “So‘g‘diyona” – 1:0
5-tur. “Paxtakor” – “Dinamo” – 2:0
6-tur. “Dinamo” – “Navbahor” – 2:2
7-tur. “Andijon” – “Dinamo” – 2:2
AGMKning o‘tkazgan o‘yinlari:
1-tur. AGMK – “Buxoro” – 0:0
2-tur. “Qizilqum” – AGMK – 3:1
3-tur. AGMK – “Qo‘qon-1912” – 7:1
4-tur. “Lokomotiv” – AGMK – 2:1
5-tur. AGMK – “Bunyodkor” – 0:1
6-tur. “Nasaf” – AGMK – 4:0
7-tur. AGMK – “Surxon” – 2:0
Eski tanishlar…
O‘z vaqtida «Dinamo»da to‘p tepgan va hozirda AGMK tarkibida faoliyat yuritayotgan futbolchilar talaygina. Xususan, AGMK yarim himoyachisi Dilshod Jo‘raev Oliy Ligadagi debyutini 2012 yilda aynan «Dinamo» safida amalga oshirgandi. Hujumchi Shahzodbek Nurmatov ham Oliy Ligadagi ilk o‘yinlarini aynan “Dinamo” safida 2011 yilda o‘tkazgan edi. Qolaversa, olmaliqliklar to‘purari Zafar Polvonov 2012 yilda, yarim himoyachi San’at Shixov esa 2013-14 yillarda “Dinamo”dagi o‘yinlari bilan samarqandlik muxlislar e’tiboriga tushgan. Shuningdek, AGMK darvozabonlari Suhrob Sultonov va Roman Abdulov ham faoliyatidagi ilk o‘yinlarini “Dinamo” safida o‘tkazgan edi.
O‘zaro o‘yinlar: Ustunlik kimda?
«Dinamo» jamoasi Oliy Liga doirasida ushbu jamoaga qarshi 18 marta to‘qnash kelgan. Ushbu bahslarning 6 tasida «Dinamo» g‘alaba nashidasini surgan bo‘lsa, 8 ta o‘yin «konchilar»ning g‘alabasi bilan tugagan. 4 ta uchrashuvda esa jamoalar murosa yo‘lini tanlashgan.
O‘zaro o‘yinlardagi gollar farqi 19:24 ko‘rinishida, olmaliqliklar foydasiga. Bahslar davomida AGMK 28, «Dinamo» 22 ochkoni qo‘lga kiritgan. «Dinamo»ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 4:2ga teng. AGMKning eng yirik g‘alabasi esa 3:1 natijasidir. Jamoalarning o‘zaro so‘nggi uchrashuvlarida “Dinamo” 2017 yilgi mavsumda Iskandar Xolmirzaevning jarima zarbasi evaziga AGMKni kichik hisobda mag‘lub eta olgan.
Samarqandda o‘tgan o‘zaro so‘nggi uchrashuvlar:
13.10.2017 «Dinamo» - «Olmaliq» 1:0
31.10.2015 «Dinamo» - «Olmaliq» 1:1
02.10.2014 «Dinamo» - «Olmaliq» 2:1
30.03.2013 «Dinamo» - «Olmaliq» 0:0
09.08.2012 «Dinamo» - «Olmaliq» 0:1
10.06.2011 «Dinamo» - «Olmaliq» 0:1
05.06.2010 «Dinamo» - «Olmaliq» 4:2
Fikrlar