Dilshod Jabborov: Bu ishlarni Mo‘minjonovning dushmanlari qilgan bo‘lishi mumkin

  • 4 aprel, 2019, 22:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Namanganlik futbolchi Dilshod Jabborov yangi mavsumni Termizning «Surxon» jamoasidan boshlaganidan xabaringiz bor. U bungacha «Navbahor»da sobiq bosh murabbiy Ilhom Mo‘minjonov bilan samarali faoliyat olib borgandi. Keyin Mo‘minjonov «Surxon»da ish boshlagach, Jabborov ham boshqa futbolchilar qatori o‘sha klubda paydo bo‘ldi. Ammo Superliganing ikkinchi turidan keyin ushbu o‘yinchi ham murabbiyga qo‘shilib futboldan chetlatilishini hech kim kutmagandi. Faoliyatida birinchi marotaba bunday holatga tushib qolgan futbolchi uchun joriy mavsum majburiy ravishda tugadi deyish mumkin. Chunki O‘FA tomonidan aniqlangan ma’lumotlar bo‘yicha kelishilgan o‘yinlarda murabbiylardan tashqari Dilshod Jabborovning ham aloqasi bo‘lganligi haqida xabar berildi. Shundan so‘ng tushkun kayfiyatga tushib qolgan futbolchi bilan bog‘lanib, vaziyat haqida suhbatlashishga urinib ko‘rdik. Aytish kerakki, futbolchi uchun bu xabar og‘ir zarba bo‘lgan.

Tecno

Futbolchi ushbu muammolar sobiq ustozi Ilhom Mo‘minjonov sabab yuzaga kelgani haqida gapirar ekan, Mo‘minjonovning dushmanlari bo‘lishi mumkinligini ayti.

- «Navbahor»da Mo‘mijonov boshchiligida jamoa sardori bo‘lib to‘p surdingiz. Shu bois murabbiyni yaxshi bilasiz. Ayting-chi, chindan ham u shunday ishlar bilan shug‘ullangani haqida eshitganmisiz?

- Agar uni bunday ishlar bilan shug‘ullanayotgani haqida eshitganimda aytgan bo‘lardim. Ammo meni bunday o‘yinlardan xabarim bo‘lmagan. Biz Ilhom Mo‘minjonov bilan binoyidek ishlaganmiz. Shunga yarasha natijalarimiz ham chakki bo‘lmagandi. Baribir hayron qolyapman-da. Balki uning dushmanlari bordir.

Jabborov bilan suhbatning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin>>>

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!