Diego Simeone "Atletiko"dan qachon ketishi ma’lum

  • 10 yanvar, 2023, 13:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Diego Simeone mavsum oxirida "Atletiko" bosh murabbiyligidan ketadi. Bu haqda El Chiringuito telekanali muxbiri Pako Garsiya Karidad ma’lum qildi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, argentinalik mutaxassis yozda Madrid klubini tark etadi. Simeone allaqachon "Atletiko" bosh direktori Migel Anxel Gilni bu borada ogohlantirgan.

Ma’lumot uchun, Simeone 2011 yildan beri “Atletiko” klubini boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa ikki marta La Liga, Evropa Ligasi va Evropa Superkubogini qo‘lga kiritdi, shuningdek, ikki marta Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi. "Atletiko" Simeone bilan Ispaniya kubogi va Superkubogini ham qo‘lga kiritdi.

“Matraschilar” ayni damda La Liga jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. Joriy mavsumda “Atletiko” klubi Evropa chempionlar ligasining guruh bosqichida “Portu”, “Bryugge” va “Bayer” klublari bilan bir guruhda kurash olib  bordi va yakunda 4-o‘rinni egallab, Evropa chempionlar ligasidan chiqib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!