
Diego Kosta Osiyo klubiga o‘tishi mumkin
Italiyalik insayder Fabritsio Romano ma’lumotiga ko‘ra, "Atletiko" hujumchisi Diego Kosta madridliklar tarkibini tark etadi.
32 yoshli ispaniyalik forvard "matraschilar" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas. Hujumchi uchun Braziliya va Xitoy klublari qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Kosta "Atletiko" safida 7 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yil yozida yakuniga etadi.
Fikrlar