Diego Kosta faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin

  • 8 may, 2019, 20:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi forvardi Diego Kosta faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli ispaniyalik futbolchiga "Napoli" jiddiy qiziqib qolgan. Neapolliklar uni yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olishga urunib ko‘rishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “matraschilar” bosh murabbiyi Diego Simeone Kostani jamoada olib qolishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Diego Kosta joriy mavsum “Atletiko” safida 27ta o‘yinda ishtirok etdi va 7ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!