Dibala qishda APLga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 6 sentabr, 2019, 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Paulo Dibala qishki transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Tecno

Daily Star nashri tarqatgan xabarga ko‘ra argentinalik futbol yulduzi "Tottenxem"ga o‘tishi mumkin. Aytish kerakki, “shporlar” unga yakunlangan yozgi transferlar davrida ham qiziqish bildirishgan edi, biroq yakunda transfer barbod bo‘ldi. Jamoa bosh murabbiyi Mauritsio Sarri esa uni tarkibda ko‘rishni xohlamayapti.

Ma’lumotlarga qaraganda “Yuventus” Dibalani 73 mln evroga qo‘yib yuborishi mumkin. Ammo, “Tottenxem” ushbu transferni amalga oshirish uchun Kristian Eriksenni sotib yuborishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!