Dibala faoliyatini Saudiya klubida davom ettirishi mumkin

  • 14 avgust, 2024, 21:11
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" futbolchisi Paulo Dibala faoliyatini Saudiya chempionatida davom ettirishga qaror qildi. Uning keyingi manzili "Al-Qadsiya" klubidir. 

Tecno

Fabritsio Romano xabar berishicha, ushbu transfer bo‘yicha tomonlar kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Saudiya jamoasi argentinalik hujumchining 12 million evrolik tovon pulini to‘lashi kutilmoqda. 

Diabala 2022 yilda erkin agent sifatida "Yuventus"dan "Roma"ga ko‘chib o‘gandi. Yakuniga etgan mavsum u klubi tarkibida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta golda ishtirok etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!