
Di Mariya Mbappe, Neymar, Ibragimovich va Kavanini nazarga ilmadi
PSJ xavbeki Anxel Di Mariya klubning 50 yillik yubileyi arafasida jamoada to‘p surgan eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.
E’tiborlisi, argentinalik futbolchi tomonidan tuzilgan ramziy jamoada PSJning hozirgi ikki etakchisi – Neymar va Mbappega joy topilmadi. Bundan tashqari, Di Mariya parijliklar tarixidagi eng yaxshi hujumchilar – Zlatan Ibragimovich va Edinson Kavani ham ushbu jamoaga kiritmadi.
Di Mariya talqiniga ko‘ra PSJning orzular jamoasi: Sirigu - Dani Alves, Pochettino, David Luis, Maksvell - Motta, Nene, Di Mariya, Ronaldino - Byanki, Pauleta.
Fikrlar