Depay yaqin vaqt ichida A seriya grandi safiga o‘tadi

  • 14 avgust, 2022, 15:49
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona" hujumchisi Memfis Depay "Yuventus"ga o‘tishga yaqin turibdi. Turinliklar kelishuvni tezroq yakunlamoqchi, deb yozadi Fabritsio Romano.

Manba bergan xabarga ko‘ra, yaqin vaqt ichida "Yuve" rahbariyati futbolchiga yakuniy taklifni jo‘natadi. Shundan so‘ng Depayning agentlari shartnomani bekor qilish uchun "Barsa" bilan bog‘lanadi.

Memfis o‘tgan mavsum "Barselona"ning barcha musobaqalar doirasidagi 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 2 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Depayning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!