
Depay ketishni istasa, keyingi manzil aniq
Hujumchi Memfis Depay "Barselona"ni tark etib, "Yuventus"ga yo‘l olishi mumkin.
"Diario Sport" nashri bergan xabarga ko‘ra, ayni vaqtda ikki klub o‘rtasida ijaraga olish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda. Shunday bo‘lgan taqdirda, niderlandiyalik forvard "ko‘k-anorranglilar" bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirishiga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, Depay boshqa klubga o‘tish niyatida emas. Sababi, u "Barselona"da hali o‘zini ko‘rsatishga imkoniyat bo‘lishiga ishonmoqda. Uning ketishiga faqatgina mundial oldidan o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish xohishi turtki bo‘lishi mumkin.
Fikrlar