Denni Garsiya Pakyao bilan jang qilish istagida

  • 1 oktabr, 2019, 16:46
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Denni Garsiya o‘zini Pakyao uchun Mayki Garsiyadan ko‘ra munosib raqib deb biladi.

Tecno

"Pakyao men bilan jang qilishni xohlayotganini eshitdim. Ammo hozircha hech kim qo‘ng‘iroq qilmadi. Agar bu haqiqat bo‘lsa, tez orada ular aloqaga kirishadi deb umid qilaman. Bu haqda internetdan xabar toptim.

Agar, Pakyao Mayki Garsiyani tanlasa, men biroz xafa bo‘laman. Men yolg‘on gapirmayman, men ko‘proq katta janglarda ishtirok etishga loyiq ekanligimga ishonaman. Pakyao afsonadir. U xohlagan narsani qila oladi. Men uni tanqid qila olmayman. Lekin bu jangga loyiqman. Agar bu jang amalga oshmasa, kelajak uchun boshqa rejalarni ko‘rib chiqamiz.

Pakyao Keyt Turman bilan jangda ajoyib ko‘rindi. Men ushbu jangga o‘zimni tayyor his qilyapman ",- dedi Danni Garsiya.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!