Denis Korostichenko: "Yoshlar bilan ishlashning qiyin taraflari bor"

  • 25 sentabr, 2024, 21:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" 6:0 "Olimpik" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining 1-qismida olimpiyachilar ustozi Denis Korostichenko qatnashdi.

-Avvalo "Paxtakor"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Biz bugun o‘zimizning eng yomon o‘yinimizni o‘tkazdik. Ba’zi bir futbolchilarimizga e’tirozlarimiz bor. Raqibdan har iikala bo‘limda ham ancha bo‘sh harakat qildik.

-Avvalgi o‘yinlarda jamoa ancha jipslashgan holda o‘yin namoyish etgan edi. Bugun esa, buning mutlaqo aksi kuzatildi. Bunga sabab nima?

- 1-bo‘limning 28 daqiqasiga qadar yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Lekin doimgidek, bizga ilk golni kiritib olish etishmayabdi. Yigitlarga har o‘yinda katta bosim bo‘lmoqda. "Dinamo" va "Neftchi" bilan bahslarda garchi yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan bo‘lsakda, yomon o‘ynamagan edik. Tanaffus payti iloji boricha futbolchilarning kayfiyatini ko‘tarishga harakat qildik. Ketma-ket kiritilgan 4 ta goldan keyin shogirdlarim ruhiy tomonlama o‘zini o‘nglay olmadi. Bunday bellashuvlardan keyin jamoaning o‘ziga kelib olishi juda og‘ir bo‘ladi.

-Ikkinchi davrada "Olimpik"ka juda qiyin bo‘lmoqda. 1-2 tajribali futbolchilarni hisobga olmasa, asosan yoshlar bilan ishlashga to‘g‘ri kelmoqda. Aynan yoshlar bilan ish olib borish qay darajada qiyin bo‘lmoqda? 

- Qiyinchilik bor. Bunday ishlash oson ham emas. Futbolchilarga ko‘p hollarda tajriba etishmayabdi. Shu sababli ko‘p xatolar kuzatilmoqda. "Paxtakor"dek klublar esa, bunday xatolarni aslo kechirmaydi. Chempionat davomida nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. 

- Temur Kapadzedan keyin jamoani qabul qilib oldingiz. Jamoa avvalgi murabbiy davrida qay darajada shakllangan. Xozirgisidan qanday farqli jihatlari bor?

- Biz bu borada har bir o‘yindan keyin tahlil olib boramiz. Barcha murabbiylar bilan hamjihatlikda kelishib, o‘z o‘yinimizni shakllantirishga harakat qilmoqdamiz. Bir qancha tajribali futbolchilar jamoani tark etganidan keyin barcha mas’uliyat shu klubda qolganlarning zimmasiga tushmoqda. Baribir,ularga har bir o‘yinda qiyin bo‘lmyati. Sababi esa yana o‘sha tajriba etishmasligida. Biz ham mag‘lubiyatlardan albatta hafamiz. Lekin, o‘yindan-o‘yinga yanada kuchli bo‘lib borishga harakat qilyapmiz. Chempionat yakunida qaysi o‘rinda bo‘lishimizni esa, o‘sha paytga kelib, bilib olamiz. Balandparvoz gapirishni istamaymiz. Lekin "So‘g‘diyona" bilan o‘yinda ham, "Metallurg" bilan bahsda ham g‘alaba qozona olardik. Biroq, yakunlovchi nuqtani qo‘yadigan, o‘yinni olib chiqib keta oladigan tajribali futbolchilar etishmasligi bilinib qolmoqda.  
 

Tecno

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!