
Dembele "Barsa" va PSJdagi farq haqida gapirdi
Usmon Dembele "Barselona" va PSJ o‘rtasidagi farq haqida gapirdi.
Frantsuz Kataloniya klubi libosida 2017 va 2023 yillar oralig‘ida to‘p tepgan.
"Barselona" - katta klub. Barchamiz buni bilamiz. Biroq PSJ ham. Men buni maydonda va uning tashqarisida ham his qilyapman. Shaharga chiqsangiz, sizni darhol tanishadi. Rostini aytsam, men uchun farq deyarli yo‘q.
Xuddi shu narsa stadionlarga ham tegishli. "Kamp Nou" juda katta va tarixga muhrlangan. Biroq "Park de Prens"dagi atmosfera ham aqlbovar qilmas darajada", - dedi Dembele "Le Parisien" nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar