
De Xea MYuda Pogba bilan bir hil maosh oladi
The Guardian nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "Manchester Yunayted" darvozaboni David de Xea v yaqin orada klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytiradi.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha yangi kelishuvga ko‘ra 28 yoshli ispaniyalik posbon MYu etakchisi Pol Pogba bilan bir xilda – yiliga 17 mln evro maosh oladi.
Eslatib o‘tamiz, de Xeaning “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Bundan avvalroq “Yuventus” uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, David de Xea MYu safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 366ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 377ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar